“Budapesht – 2024”: Serbiya va AQSH Oʻzbekistonni toʻxtatib qolishga harakat qiladi
45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 7-tur bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasida erkaklar terma jamoamiz Ukrainani 3:1 hisobida, qizlarimiz esa Gretsiyani 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishdi.
Qayd etish kerakki, biz kerakli ochkolarni qoʻlga kiritish orqali kuchli uchlikka qaytib oldik. Birinchi oʻrinda Hindiston jamoasi ketayotgan boʻlsa, kutilmaganda ikkinchi oʻrin Eronniki boʻlib turibdi.
Erkaklar:
Oʻzbekiston — Ukraina 3:1
Nodirbek Abdusattorov — Andrey Volokitin 1:0
Nodirbek Yakubboyev — Vasil Ivanchuk 0,5 : 0,5
Javohir Sindarov — Ruslan Ponomaryov 1:0
Shamsiddin Vohidov — Anton Korobov 0,5 : 0,5
Ayollar:
Oʻzbekiston — Gretsiya 2,5 : 1,5
Afroʻza Hamdamova — Stavroula Solakidou 0:1
Umida Omonova — Anastasiya Avramidou 1:0
Marjona Malikova — Yekterini Pavlidou 0,5 : 0,5
Nodira Nodirjonova — Markantonaki Xaritomeni 1:0
8-turda erkaklar terma jamoamiz Serbiya jamoasi bilan qarama-qarshi kelsa, ayollar terma jamoamiz AQSH jamoasi bilan bahslarga kirishadi.
Eʼtborlisi shundaki, AQSH ayollar jamoasi tarkibida asli oʻzbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring