“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak
Foto: Illustrativ
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda «oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni boʻyicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorni toʻgʻri transportirovka qilish koʻnikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi.
Avvalroq Sogʻliqni saqlash vazirligining “Yoʻl transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi. Shunga asosan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlarning mezonlari SSV tomonidan belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, endilikda hujjat bilan voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgunigacha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatadi. Bunday shaxslar qatoriga esa ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilar, milliy gvardiya xodimlari, favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari, haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar kiritilgan.
Avvalroq, yangi milliy turizm brendi yaratilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring