Toshkentda “Mayning ferma” davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 milliard soʻm zarar yetkazdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyatining ikki tumanida “Mayning ferma” davlat va jamiyat manfaatlariga 17,7 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, Departamentning Qibray tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Guliston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. oʻz uyida 8 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat Yuqorichirchiq tumanida sodir boʻlgan. Fuqaro J.Sh. “Sultonravot” MFY hududidagi turar-joy binosida “ArtMiner S9” rusumli mayning qurilmasini oʻrnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 million soʻm zarar yetkazgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring