Qashqadaryoda fermer xoʻjaliklari 664 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbirda Koson tumanida joylashgan “B.I.” fermer xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan dala maydonlariga oʻrnatilgan ikkita suv nasosini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 664,6 million soʻmni tashkil etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaliklari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring