Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

14:24 20 Iyul 2023 Jamiyat
525 0

Ekologiya vazirligining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boʻlimi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi, Arnasoy boʻlimi hududida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro T. B. tomonidan noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi. T. B. boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan kichik oʻlchamdagi jami 541 ta (113,5 kg) oqsila (sudak) baliqlari topildi.

Oʻrganish natijasida hayvonot dunyosiga jami 178 million 530 ming soʻm miqdorida zarar keltirilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер