Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi

Ushbu nufuzli mukofot koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofi hamda Oʻzbekiston xalqiga doʻstona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

15:12 06.02.2026
Oʻzbekiston va Pokiston Prezidentlari tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuv avvalida Asif Ali Zardoriy davlatimiz rahbarini Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli boʻlgani munosabati bilan tabrikladi hamda ushbu davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga yangi surʼat bagʻishlaydigan tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

14:37 06.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti “Go Group” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Korxona Pokistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport sohalarida yetakchidir.

13:55 06.02.2026
“Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan boʻlib, maishiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha katta tajribaga ega.

13:42 06.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti “Engro Group” kompaniyasi rahbari bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi

Kompaniya Pokistonning energetika xavfsizligiga ulkan hissa qoʻshib, energetika, neft-kimyo va qishloq xoʻjaligi sohalarida katta tajribaga ega.

13:33 06.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Kompaniyalar guruhi qurilish, togʻ-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.

13:21 06.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi

Tadbirda ikki mamlakatning 300 dan ortiq yetakchi sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari, tarmoq tashkilotlari hamda ishbilarmonlik tuzilmalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

12:41 06.02.2026
Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif OAV vakillari uchun bayonot berdi

Mamlakatimiz yetakchisi soʻzining avvalida Pokistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va oʻtkazilgan samarali muzokaralar uchun ushbu mamlakat hukumati rahbariga minnatdorlik bildirdi.

22:08 05.02.2026
O‘zbekiston Prezidenti Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlari berildi.

21:52 05.02.2026
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

21:12 05.02.2026
Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi boʻldi.

20:31 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdilar

Ikki mamlakat hududlarining oʻzaro aloqalari iqtisodiy hamkorlik rivojining asosiy drayverlaridan biri sifatida belgilandi.

20:00 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat madhiyalari yangradi.

19:10 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri oʻrinbosarini qabul qildi

Uchrashuvda Isʼhoq Dor davlatimiz rahbariga oʻtkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida maʼlumot berdi.

18:14 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonning harbiy sanoati salohiyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga kelgach, “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv oʻtkazdi.

17:27 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Islomobodga yetib bordi

“Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharif kutib oldi.

16:12 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

13:04 05.02.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Aliyev va Pashinyanni “Insoniy birodarlik” mukofotiga sazovor boʻlgani bilan tabrikladi

Davlatimiz rahbari Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofotini topshirish marosimi ishtirokchilariga videomurojaat yoʻlladi.

12:41 05.02.2026
Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)

Globallashuv jarayonlari jadal kechayotgan bugungi kunda azaliy qadriyat va anʼanalarni saqlab qolish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Milliy madaniyat, urf-odat va maʼnaviy merosni zamon talablariga mos tarzda keng targʻib qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

21:04 04.02.2026
Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisi 5-fevral kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

19:47 04.02.2026

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер