Oʻzbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Islomobodga yetib bordi

16:12 05 Fevral 2026 Siyosat
217 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga keldi.

Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

“Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Ertaga, 6-fevral kuni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?