Zulfiya mukofoti sovrindorlari nomi eʼlon qilindi (roʻyxat)

20:38 03 Mart 2021 Siyosat
14157 0

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
R Oʻ Y X A T I

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Orazbayeva Gulsanem Jalgʻasbay qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi

Komilova Mehrinoz Oybekjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqich magistranti

Radjiyeva Gulxayoxon Shuxratjon qizi - Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Salimova Amira Sunnatjon qizi - Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Umarqulova Dinora Sherali qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Imomova Dildora Shuxrat qizi - Jizzax politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Mamarasulova Muqaddas Abdulqosim qizi - Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Ahmatova Sitorabonu Zohidjon qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna - Oʻzbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna - Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti

Shomurotova Nodirabegim Odilovna - Navoiy viloyati Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 10-sinf oʻquvchisi

Abdullayeva Manzura Nasibillo qizi - Namangan davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Xushnazarova Ayshaxon Adhamjon qizi - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi - “Respublika yosh ijodkorlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi (Samarqand viloyati)

Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Sunnatova Madina Gʻofurjon qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Hojiboboyeva Sarvinoz Habibjon qizi - Guliston davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi - Termiz davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Omonova Umida Shuhrat qizi - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-oʻquvchisi (Surxondaryo viloyati)

Dehqonova Madinabonu Dilshod qizi - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Nazarova Zilola Ergashboy qizi - Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari

Yoʻldosheva Farzona Baxtiyor qizi - Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining 10-sinf oʻquvchisi

Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi - Fargʻona politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Jumaboyeva Shaxzoda Neʼmatjon qizi - Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi

Karimova Madina Jumanazarovna - Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Kim Yuliya Olegovna - Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish boʻyicha murabbiyi (Toshkent shahri)

Raximova Sayyora Yashin qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?