Zulfiya mukofoti sohiblari qanday imtiyozlarga ega boʻladi?
Illyustrativ foto
Qonunchilikka koʻra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga berilishi belgilangan.
Mukofot har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan talabgorlarga beriladi.
Mukofotni olish uchun talabgor soʻnggi 3-yil mobaynidagi ibratli faoliyati, oʻz sohasidagi va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Mukofot sovrindorlari agar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari boʻlsa, bakalavriatga, bakalavriat talabalari boʻlsa, magistraturaga tegishli yoʻnalish va ixtisoslik boʻyicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Mukofot sovrindorlariga BHMning 50 baravari (17 mln soʻm) miqdorida pul mablagʻlari beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring