Zulfiya haqida hujjatli film yaratilmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan yangi «Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman» hujjatli filmi suratga olinmoqda.
Mazkur film Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, unda shoiraning hayotlik chogʻidagi turli voqealar tasvirlangan. Shuningdek, kinokartinada adibaning sheʼriy misralaridan foydalaniladi.
«Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman» hujjatli filmida Zulfiya obrazida 3 davr koʻrsatiladi. Uning bolaligini Anisa Mansurova, yoshlik paytlarini Shahnoza Hojimurodova, katta yoshdagi davrini esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Eltoyeva ijro etmoqda.
Ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, rejissyor Navroʻza Biynazova, operator Aziz Arziqulov, kompozitor Jamshid Izamov, rassom Sojida Hasanova, prodyuser Ahmad Unarboyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring