Zoʻravon talonchilar guruhi qoʻlga olindi
2023-yil 10-aprel kuni soat taxminan 20:00larda, 26 yoshli A.A., 25 yoshli R.A. va 24 yoshli E.S.lar oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib bir guruhga birlashib, Toshkent viloyati Chirchiq shahar Sharq mahallasi hududidan oʻtgan Boʻzsuv kanali oldida 30 yoshli X.X.ning hayot yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, uning yonida boʻlgan 2.000.000 soʻmlik “VIVO 23» rusumli telefon apparati, 250.000 soʻmlik bir dona nikoh uzugi va 270.000 soʻmlik bir dona kumushdan ishlangan erkaklar uzugini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringan.
Bundan tashqari, yuqoridagi shaxslar oʻzlarining jinoiy qilmishlarini davom ettirib, shu kuni soat taxminan 22:00 larda, oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq, takroran talon-toroj qilish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tuman Turkiston mahallasi hududida 33 yoshli D.Z.ni hayot yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, tanasining yuz va qorin qismiga urib tan jarohati yetkazib, unga tegishli boʻlgan 2.000.000 soʻm naqd pullarni, 1.800.000 soʻmlik “Samsung A20» rusumli telefon apparati va 12.200.000 soʻmlik erkaklar kumush hamda tilla taqinchoqlarini ochiqdan-ochiq talon toroj qilib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan A.A., R.A. va E.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, barcha gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring