“Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy” hududida boj olinmaydigan yirik savdo komplekslari barpo etiladi

“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-9-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra quyidagilar barpo qilinadi:
— turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualaridan iborat boʻlgan turizm markazlari;
— “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” togʻ-changʻi kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo doʻkonlaridan iborat boʻlgan yirik savdo komplekslari (“Luxury tourism village”).
2024-yildan xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilish uchun Turizm vakillari biriktiriladi.
2024-yil 1-oktyabrgacha turizm markazlarining master rejalari ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2024-yildan:
➖ turizm namoyishi obyektlarini oʻzaro bogʻlovchi “turizm halqalari”ni tashkil qilish asosida sayohat muddatini oshirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekistonda yana bir kun sayohat” dasturi amalga oshiriladi.
➖ respublikadagi turizm namoyishi obyektlarini oʻzaro bogʻlovchi Turistik yoʻnalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestri yuritiladi.
➖ har ikki yilda bir marotaba may oyining uchinchi haftasida mukofot jamgʻarmasi 2 million AQSH dollari boʻlgan Xalqaro “Oʻzbekiston ipak matolari” moda haftaligi (“SILK UZBEKISTAN FASHION WEEK”) oʻtkaziladi.
➖ milliy zargarlik mahsulotlari doʻkonlarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli quymalar hamda Markaziy bankning esdalik pul belgilarini sotish uchun vending avtomatlarini oʻrnatishga ruxsat beriladi.
➖ “Toʻrt faslning har birida sayohat” turizm mavsumlarining ochilishini nazarda tutuvchi festivallar oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring