Jurnalistlar uchun eng qonli davr: 2024-yilda qancha OAV vakili halok boʻlgan?

Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasining (CPJ) chorshanba kuni eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, 2024-yilda qoʻmita ish boshlagan davrdan buyon eng koʻp OAV vakili halok boʻldi, ularning aksariyati Yaqin Sharqda oʻldirilgan.
Oʻtgan yil davomida jahon boʻyicha kamida 124 nafar ommaviy axborot vositasi xodimi halok boʻldi. Ushbu oʻlimlarning qariyb 70 foizida (82-nafar) Gʻazo va Livandagi Isroil harbiylarining qoʻli bor.
Isroil mudofaa kuchlari ommaviy axborot vositalari xodimlari nishonga olinganini rad etib, faol jangovar zonada harakat qilish xavfli boʻlishi tabiiy ekanligini taʼkidlagan.
CPJ hisobotida aytilishicha, dunyo boʻylab kamida 24 jurnalist oʻtgan yil davomida kasbi tufayli qasddan oʻldirildi. Oʻlimlarning 10 nafari Isroil bilan bogʻliq, yana 14 nafari Gaiti, Meksika, Pokiston, Mozambik, Hindiston, Iroq va Sudanda qurbon boʻldi.
Qoʻmita bosh direktori Jodi Ginsberg Isroilni askarlarning jurnalistlarni oʻldirishi yuzasidan surishtiruvni sekin olib borishda, aybni jabrlanganlarga agʻdarishda va oʻz harbiylarini javobgarlikka tortish majburiyatini eʼtiborsiz qoldirishda aybladi.
Taʼkidlash joiz, oʻtgan yilgi qurbonlar soni 2007-yilgi rekorddan ham oshib ketdi. Oʻshanda AQSHning Iroqdagi harbiy harakatlarida 113 nafar jurnalist halok boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring