JSST koronavirusni davolash boʻyicha tavsiyalarini yangiladi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga doir tavsiyalarini yangiladi. Mazkur qoʻllanma COVID-19ni muolaja qilishga taalluqli yangi usullarning klinik sinovlari boʻyicha jamlangan soʻnggi xulosalarga asoslangan.
Yangi tavsiyalarga koʻra, koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish xavfining uch asosiy toifasi mavjud: yuqori, oʻrta va past.
Koʻrsatmalar gospitalizatsiya xavfi yuqori va oʻrta boʻlgan bemorlarda virusga qarshi remdesivir hamda molnupiravir preparatlarini qoʻllash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Unga muvofiq, shifoxonaga yotqizish xavfi oʻrta yoki past boʻlgan va xastalik yengil oʻtayotgan bemorlarga remdesivir hamda molnupiravir dorilarini qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Bu preparatlardan faqat yuqori xavf guruhiga mansub kishilarda tibbiy koʻrsatmaga koʻra foydalanish taklif etiladi.
Oʻz navbatida, virusga qarshi yangi VV116 preparatini klinik sinovlardan tashqari, kasallikning ogʻirligidan qatʼi nazar, har qanday darajasida qoʻllash tavsiya etilmaydi. Bunday cheklov koronavirusga chalingan bemorlarda ivermektin dorisini qoʻllashda ham amal qilishi maqsadga muvofiq.
Mutaxassislar fikricha, yangi tavsiyalar COVID-19ning ayni paytdagi faol mutatsiya va subvariantlariga xos xususiyatlar hamda global emlash jarayonidan keyin insonlar immunitetida hosil boʻlgan ijobiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring