JSST eksperti: Dunyo aholisi emlanishni paysalga solayotgani ogʻir oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin

Foto: Illustrativ foto
Insoniyat koronavirus infeksiyasi bilan yonma-yon yashashga koʻnikdi. Endi bu kasallik odamlarda avvalgidek kuchli vahima va xavotir uygʻotmay qoʻygani ham rost. Ammo bu xotirjamlik ortidan insoniyat ehtiyotkorlikni unutayotgani tashvishlanarli.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovichning taʼkidlashicha, dunyo aholisi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar olishdan bosh tortayotgani yoki buni paysalga solayotgani sogʻliqni saqlash sohasidagi strategik vazifalar ijrosiga putur yetkazadi.
Masalan, emlanmagan aholi qatlami koʻpayishi bilan qizamiq va poliomiyelitga chalinganlar soni ortmoqda. Vaholanki, avvallari bu kasalliklarga sayyoramizning baʼzi mintaqa va davlatlarida butunlay barham berilgan edi.
JSST eksperti fikricha, ommaviy emlash chora-tadbirlari natijasida Yer yuzida yiliga 3 millionga yaqin oʻlim holatlarining oldini olish mumkin.
Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo boʻyicha 25 million nafardan ortiq bolalar difteriya, qoqshol va koʻk yoʻtalga qarshi rejali vaksinatsiya jarayonlarini oʻtkazib yuborgan. Bu borada Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida ahvol ancha xavotirli.
Vaholanki, JSST kelgusida nomaʼlum — "X” xastaligi tarqalishi xavfidan ogohlantirgan edi. Olimlar xulosasiga koʻra, yana bir pandemiya boshlanishi ehtimoli yuqori. Bunga esa oʻz vaqtida oldi olinmagan mavjud virus va infeksiyalarning yangi mutatsiyalari sabab boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring