JSST: Dunyo aholisining sakkizdan bir qismi semizlikdan aziyat chekmoqda
Hozir sayyoramiz boʻyicha 1 milliarddan ortiq odam semirishdan aziyat chekmoqda. Bu — Yer shari aholisining har sakkiz nafardan biri degani. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga koʻra, mazkur koʻrsatkich 1990-yilga nisbatan ikki baravar koʻp.
Eng yuqori oʻsish dinamikasi yoshlar oʻrtasida qayd etilyapti. Xususan, dunyo boʻyicha 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda oʻsmirlar orasida semirish holatlari toʻrt baravardan koʻproq oshgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus fikricha, bu global muammoning eng oqilona yechimi — sogʻlom turmush tarzi. Toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali ortiqcha vazndan xalos boʻlish hamda semizlikning oldini olish mumkin. Shunda, oʻz-oʻzidan yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va saratonga chalinish holatlari ham keskin kamayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring