Joriy yilda Xorazmda qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?
Yigʻilishda qurilish va infratuzilma sohalaridagi vazifalar muhokama qilinar ekan, joriy yilda Xorazmda:
- 12 trillion soʻmlik pudrat ishlarini bajarish, qurilishda 20 ming nafar aholini band qilish;
- 7 ming xonadonli 200 ta koʻp qavatli uy qurish;
- 1,5 ming kilometr yoʻl va 20 ta koʻprikni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
- 80 ta avtobus olib kelib, 6 ta yangi yoʻnalishni ishga tushirish maqsad qilib olindi.
Viloyatdagi ichimlik suvi tarmogʻining 16 foizi va kanalizatsiya tarmogʻining 27 foizi yarim asr oldin qurilgani bois, rekonstruksiyaga muhtojligi koʻrsatib oʻtildi. Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizatsiya tizimi yangilanishi kerak.
Bu ishlar uchun joriy yilda 1,1 trillion soʻm ajratilib, tez fursatda Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan tumani markazidagi oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish boshlanadi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 101 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi, 6 ta suv inshooti qurish, xalqaro moliya tashkilotlaridan Xorazmning barcha tumanlaridagi oqova tizimiga yana 85 million dollar jalb qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring