Joriy yilda 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi

22:19 31 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
1537 0

Foto: Arxiv surat

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt boʻlgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmogʻiga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:

— Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

— Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi;

— Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

— Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

— Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ahamiyatlisi, ushbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.

— Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt boʻlgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, Toʻpalang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 (+145) MVtga oshiriladi.

Maʼlumot uchun: 2022-yilda umumiy quvvati 1 474 MVt boʻlgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер