Joriy yilda 2 606 km. uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yoʻllar quriladi

“Sement-beton qoplamali avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–249-son, 18.05.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yilda sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.
Shunga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022-yilda jami 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yoʻllar qurish nazarda tutilgan.
Bunda:
— manzilli roʻyxatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirgan takliflari asosida shakllantiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;
— loyiha tashkilotlarini jalb etish, masʼul tashkilotlar bilan texnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
— ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narxlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi;
— klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring