Yanvar-mart oylarida jami qiymati 2 mlrd 448 mln dollar boʻlgan xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, prognoz koʻrsatkichi 167 foizga bajarilgan

20:11 19 Aprel 2022 Iqtisodiyot
595 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan geosiyosiy vaziyat bilan bogʻliq xatarlar yuzasidan oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizni, shundan YAIM tarkibida sanoat – 5,7 foizni, xizmatlar – 6,9 foizni, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulotlari 2,8 foizni tashkil qilgan.

Davlat byudjeti daromadlari 41,9 trln soʻmga ijro etilib, Davlat byudjetining jami xarajatlari 42,9 trln soʻmni tashkil qilgan.

Ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 23,5 trln soʻmni tashkil etib, amalga oshirilgan jami xarajatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 foizga oshgan. Joriy yil yanvar-mart oylarida jami qiymati 2 mlrd 448 mln dollar boʻlgan xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, prognoz koʻrsatkichi 167 foizga bajarilgan.

Bu haqida Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi majlisida aytib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер