Joriy yil Tuproqqalʼa tumanida 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurishning birinchi bosqichi boshlanadi
Xorazmda kimyo sanoati boʻyicha katta-katta loyihalar reja qilingan. Ularni amalga oshirish orqali tarmoq viloyatning “drayveri”ga aylantiriladi.
Shu yil Tuproqqalʼada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurishning (MTO) 1-bosqichi boshlanadi. Bunda yiliga 2 million tonna 14 turdagi yuqori qoʻshilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Hazoraspdagi 10 gektarda kimyo texnoparki tashkil etiladi, u yerda polimer mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha 100 million dollarlik loyihalar boʻladi.
Xorazmdagi 663 ta qurilish materiallari korxonasi oʻtgan yili 1,1 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarib, viloyatning “drayver” tarmoqlaridan biriga aylandi.
Buni yanada koʻpaytirib, 100 million dollarlik 40 ta loyihani boshlash, bu yil ishlab chiqarishni 1,5 trillion soʻmga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring