Joriy yil 1-yarim yilligida Biznes-ombudsmanga kelib tushgan 4732 ta murojaatdan 49 foiz holatda (2317 ta) tadbirkorlarning huquqlari tiklangan
Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Biznes-ombudsman masʼul xodimi Nozima Sayidaliyeva maʼlum qildi.
Murojaatlarning 16,1 foizi soliqqa oid; 13,5 foizi yer va bino bilan bogʻliq; 12,8 foizi infratuzilma; 11,7 foiz banklar; 5,9 foizi sud va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.
Kelib tushgan murojaatlar asosida tadbirkorlar manfaatlarida 1 103 ta taʼsir chorasi qoʻllanilib, shundan davlat organlari va tashkilotlariga 83 ta taqdimnoma, 39 ta xulosa va 62 ta ogohnoma kiritildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari manfaatida sudlarga jami 161 ta daʼvo arizasi va shikoyat bilan murojaat etildi. Natijada, 20,7 milliard soʻmlik arizalar tadbirkorlar foydasiga qanoatlantirilib, ularning jami 433 gektar yer maydonlariga boʻlgan mulk huquqlari tiklandi.
Oʻz navbatida, davlat organlarining 758 nafar mansabdor va masʼul shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va 355 million soʻm jarima qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring