Joʻqorgʻi Kenges Raisi Jahon banki vakillari bilan uchrashdi
Gʻ.Otajonov/«Xalq soʻzi». Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orыnbayev Jahon bankining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari Pyer Gerber, Preslava Nenova va Alban Bellingezlarni qabul qildi.
Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki grant mablagʻlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joiz, shu yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 million AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari ajratilishi belgilab olinib, ushbu mablagʻlar hisobidan qoramollarning naslini yaxshilash maqsadida embrion ishlab chiqaruvchi laboratoriya asbob-uskunalari olinib, hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun 110 ta planshet, 18 ta kompyuter, chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish uchun 3 million 282 mingdan ziyod birkalar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, veterinariya servis xizmatini yaxshilash maqsadida 2 ta maxsus dezinfeksiya avtomobili, 5 tonnalik – 1 ta, 1 tonnalik – 13 ta muzlatkichli kamera hamda 53 ta muzlatkich, 16 ta kompyuter va 16 ta printer bilan taʼminlash belgilanmoqda.
Uchrashuvda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki tomonidan 2,8 milliard soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilganligi taʼkidlanib, 44 milliard soʻmlik kreditlar ajratilishi rejalashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring