Jomboy tumanida “Open byudjet” hisobiga mahalla infratuzilmasi yaxshilandi
Jomboy tumanidagi Noʻsh mahallasi “Open byudjet” loyihasining birinchi mavsumida ishtirok etib, 1 milliard 500 million soʻm mablagʻni qoʻlga kiritgan edi. Mazkur mablagʻlar hisobidan mahalla hududida “Nuroniylar choyxonasi”, “Yoshlar guzari” hamda mahalla binosi qurilishi toʻliq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Yangi bunyod etilgan obyektlarning tantanali ochilish marosimida qurilish ishlarida faol ishtirok etgan, fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarga minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, ushbu inshootlarda aholi, nuroniylar hamda mahalla “yettiligi” vakillari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani alohida taʼkidlandi.
Qayd etilishicha, “Open byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, fuqarolarning faolligini oshirish va jamoatchilik hamjihatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring