Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qildi

23:11 21 Iyul 2024 Dunyo
1166 0

Foto: AFP

AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.

Bayden tegishli maktubni «X» ijtimoiy tarmogʻida (sobiq «Twitter») joylashtirdi.

Shu bilan birga, u muddatining oxirigacha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.

«Oʻylaymanki, men saylov poygasidan chiqishim va muddatimning qolgan qismida prezident sifatidagi masʼuliyatimni bajarishga eʼtibor qaratishim partiyam va mamlakat manfaatlariga toʻgʻri keladi», deydi Bayden.

AQSH ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini egallash uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrilmoqda.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер