Jizzaxdagi tugʻuruqxonadan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi

Illyustrativ foto
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialidan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
IIBga koʻra, Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol IIOga 2025-yilning 28-yanvar kuni dunyoga kelgan oʻgʻil farzandi nomaʼlum ayol tomonidan oʻgʻirlab ketilgani yuzasidan murojaat qilib, uni topishda amaliy yordam soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 31-yanvar kuni taxminan kechki soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor koʻrigiga olib boraman” deb, chaqaloqni olib ketib qaytib kelmagan.
“Unga nisbatan tegishli qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi”, deyiladi IIB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring