Jizzaxda Zulfiyaxonim izdoshlari aniqlandi
Jizzax politexnika institutida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralashning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Dastavval tadbir ishtirokchilari, shahar va tumanlar hokimlarining xotin-qizlar boʻyicha oʻrinbosarlari, institutlar va kollejlar masʼul xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari xalq amaliy va tasviriy sanʼati namunalaridan tashkil etilgan koʻrgazma bilan yaqindan tanishdilar.
-Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar tanlovi yangi mezonlar asosida oʻtkazilmoqda, - deydi Jizzax viloyat hokimi oʻrinbosari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Nazira Muxtorova. – Bu mukofotning taʼsis etilgani natijasida viloyatdagi koʻplab iqtidorli, isteʼdodli qizlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Bugungacha viloyatdan mazkur mukofotga 22 nafar qiz jamoatchilik, adabiyot, sanʼat, sport, fan va taʼlim yoʻnalishlarida sazovor boʻlgan. Ular hozirda yurtimizning turli jabhalarida samarali faoliyat olib borishayotir.
Bu yil tanlovning shahar va tumanlar bosqichida 1000 nafardan ziyod iqtidorli qizlar ishtirok etishdi. Ularning orasidan munosiblari saralanib, eng faol, zukko, dono va isteʼdodli qizlardan 120 nafari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi.
Tanlovda ishtirokchilarning chiqishlari, ular tayyorlagan ishlar, egallagan yutuqlar, zabt etgan marralari komissiya aʼzolari tomonidan oqilona baholandi. Tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadigan munosib nomzodlar saralandi.
Tolibjon ERGASHEV,
”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring