Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

18:53 07 Fevral 2025 Jamiyat
298 0

Foto: Hududgaztaʼminot

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida tadbirkor koʻp miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻldi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Hududgaz Jizzax” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Gʻallaoroltumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Samarqand koʻchasida yashovchi fuqaro xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan. Sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilinganida jamiyat manfaatiga 1 milliard 354 million soʻmlik zarar maʼlum boʻlgan.

Hozirgi kunda mazkur holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер