Jizzaxda “Nexia-3” va “Kia” toʻqnashdi, bir nafar fuqaro jabrlangan
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “Nexia-3” boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida “Kia” bilan toʻqnashdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 7-aprel kuni soat 15:30 lar atrofida Zarbdor tumani “Mirobod” MFY hududidan oʻtgan A-376 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlining 128-kilometrida yuz bergan.
Oʻsha kuni 28 yoshli haydovchi “Nexia-3” rusumli avtomashinasini Jizzax-Dashtobod yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 47 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Kia” rusumli avtomashinaning yoʻliga chiqib ketishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Bildirilishicha, ushbu hodisa oqibatida “Kia” haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat boʻyicha Zarbdor tumani IIB tergov boʻlinmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring