Jizzaxda harakatlanib ketayotgan “Nexia-2”ning gaz balloni portlab ketdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Samarqand yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2ʻning gaz balloni portlab ketgani, oqibatda vafot etganlar borligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 28-may kuni soat 13:00 lar atrofida Gʻallaorol tumani hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
“Ayni vaqtda mashinada boʻlgan yoʻlovchilar shaxsiga aniqlik kiritish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi YHXB xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Gentra rusumli avtomobil toʻliq yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring