Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qoʻllab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash – doimo diqqat markazida. Bu yil viloyatda 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan.
Davlatimiz rahbari bu yetarli emasligini qayd etib, uy-joy qurilishini koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi. Doʻstlik tumanidagi “barak” uylar oʻrnida yangi uy-joy qurish tajribasi asosida qolgan tumanlardagi 2 mingga yaqin eski uylar oʻrnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi.
Zomin, Baxmal va Forishda ham uy-joy qurish dasturlari boshlanadi.
Sentyabrdan boshlab Sharof Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanlarini Jizzax shahri bilan bogʻlovchi “Irjar – Doʻstlik – Jizzax” yoʻnalishida teplovoz qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Natijada ushbu tumanlardagi 450 ming aholini shaharga qatnashida yengillik yaratiladi.
Viloyatdagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, joylarda bogʻcha va maktablar qurish, Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalari va koʻpriklarni taʼmirlash chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qoʻllab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, viloyat faollari bilan muloqot boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring