Jizzaxda IIB xodimi 86 yoshli ayolga kuch ishlatgani aytildi

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida profilaktika inspektori 86 yoshli ayolga nisbatan kuch ishlatgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning 5-sentyabr kuni Jizzax shahrida yashovchi fuqaro R.Y qizi va boshqalar ishtirokida qoʻshnisi bilan oʻzaro janjallashib turgan vaqtida shahar IIB profilaktika inspektori J.N kelib, ularni qoʻlini qayirib, tan jarohati yetkazgani yuzasidan chora koʻrilishini soʻrab, murojaat qilgan.
Shunga asosan, holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, natijasiga koʻra profilaktika inspektorining harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli Jinoyat — protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring