Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

20:06 09 May 2025 Jamiyat
196 0

Foto: Jizzax IIB

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqarodan uni noqonuniy yoʻllar bilan AQShga yuborishi evaziga pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B. Zarbdor tumanidan boʻlgan A.A.ni goʻyoki Meksika orqali AQShga ishga joʻnatish bahonasida aldagani aniqlangan.

U fuqarodan jami 200 million soʻm (shu jumladan 11,2 ming dollar va 50 million soʻm) olmoqchi boʻlgan vaqtda qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер