Jizzaxda erkak oʻz farzandlarini gʻayriinsoniy tarzda kaltakladi

17:55 28 Avgust 2025 Jamiyat
246 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak voyaga yetmagan farzandlarini tepkilab, shafqatsiz kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro S.Sh. oilaviy nizo ortidan 2 nafar farzandiga jismoniy zoʻravonlik harakatlarini sodir etgan. Qayd etilishicha, hozirda holat Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili va mutasaddilar tomonidan oʻrganilmoqda.

Xususan, otaga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi hamda bolalarning xavfsiz muhitga olinishi, ularga zarur psixologik, ijtimoiy koʻmak koʻrsatilishi boʻyicha IIO va Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy Inson markazi mutaxassislari tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda.

“Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻz kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qoʻshimcha tarzda axborot beriladi”, deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham munosabat bildirib, unda agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan bolalarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash, ularga zarur ijtimoiy va psixologik yordam koʻrsatish yuzasidan ish olib borilayotganini xabar qildi.

Bildirilishicha, vaziyatga huquqiy baho berish va javobgarlik masalasini koʻrib chiqish boʻyicha ham choralar koʻrilmoqda.

Keyinchalik Jizzax viloyati IIB holat boʻyicha boshqarma tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʻlum qildi. Unga koʻra, hozirda gumonlanuvchining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish choralari koʻrilmoqda.

Qoʻshimcha qilinishicha, ayni vaqtda voyaga yetmagan ikki nafar bola ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер