Jizzaxda belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Jizzax shahridagi O‘rda “Ekologik bog‘i” joriy yilning 21-26 may kunlari kattalar o‘rtasida O‘zbek milliy belbog‘li kurashi, Qirg‘izistonning “Alish” va Qozoqistonning “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab chempionat oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo belbog‘li kurash konfederasiyasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi, Qig‘isistonning “Alish” xalqaro federasiyasi, Qohog‘istonning “Qazaq kuresi” assosasiyasi, Jizzax viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
- 2019-2022 yillarda yurtimizda ya’ni, Olmaliq, Jizzax, Qo‘qon hamda Namangan shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionatlarining yuqori savida o‘tgani belbog‘li kurashimizning dunyo bo‘ylab keng quloch yozayotgandan dalolatdir, - deydi O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi raisi Ravshan Dastirov. – Bugun Jizzax shahrida ilk bor start olgankattalar o‘rtasida belbog‘li kurash, “Alish”, “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionati tarixiy voqeadir. Ushbu musobaqa jori yil kuz faslida o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalqlarining milliy sport turlari bo‘yicha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan saralash vazifasini bajarib berishi bilan ham juda ahamiyatlidir.
Ertaga o‘zbek belbog‘li kurash bahslari bo‘lib o‘tsa, 25 may kuni esa “Qazaq kuresi” va “Alish” belbog‘li kurash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
21 may kunidan boshlab yuqoridagi sport turlari bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirok etuvchi Hindiston, Indoneziya, Eron, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 20 ga yaqin davlatlardan kelgan 300 nafardan ziyod nomdor polvonlar, delegasiya a’zolari, hakam va murabbiylar kutib olindi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Tolibjon ERGASHЕV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring