Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH: Qurbonlar mashina ichida yonib ketdi

09:27 10 Sentyabr 2020 Jamiyat
1363 0

2020-yilning 09-sentyabr kuni soat taxminan 18:30 da Sharof Rashidov tumani Xayrobod MFY hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻli «Toshkent-Samarqand» yoʻnalishining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga urilib, yoʻlni boʻlib turgan beton toʻsiqni buzib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining birlamchi maʼlumotlariga koʻra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yongʻin kelib chiqqan, avtomashinada boʻlgan haydovchi va bir nafar yoʻlovchi hodisa joyida vafot etgan.

Qolgan 3 nafar yoʻlovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan, ikkinchi “Lacetti” rusumli avtomashina yoʻl chetida agʻdarilib ketgan, avtomashinada boʻlgan haydovchi va yoʻlovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?