Jizzaxda 16 yoshli bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushdi

11:09 08 Iyun 2024 Jamiyat
358 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida joylashgan istirohat bogʻida baxtsiz hodisa yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahrida joylashgan “Oʻrda ekologik istirohat bogʻi”da viloyat FVB va profilaktika inspektorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻtkazilgan suhbat davomida haqiqatdan ham joriy yilning 1-iyun kuni soat 20:00 larda 16 yoshli bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushgani aniqlangan.

Paxtakor tumanida yashovchi 2007-yilda tugʻilgan fuqaro M.Oʻ. oila aʼzolari bilan birgalikda istirohat bogʻiga aylanish uchun borib, attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan himoya kamarini yechib yuborgan. Oqibatda M.Oʻ. yiqilib tushgan.

“Oʻrganishlar natijasida fuqaro hech qanday tan jarohati olmagani va mazkur holat sodir boʻlgan vaqtda attraksionda nosozliklar boʻlmagani maʼlum boʻldi”, deyiladi FVB xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер