Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi

13:26 09 Aprel 2024 Siyosat
405 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, avtomobilsozlikda yirik uzelli yigʻish usulidan toʻliq texnologik siklga oʻtilgani yaxshi natija boʻldi.

Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish vazifasi turibdi.

Kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlarni oʻzimizda chiqarishni yoʻlga qoʻyib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.

Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” yaratilishi, ularga turizm mahallasi maqomi berilishi belgilandi. “Turizm halqasi” obyektlariga boradigan yoʻllarni taʼmirlash topshirildi.

Xalqaro “M-39” yoʻlining viloyat hududidan oʻtgan 98 kilometr qismidan kuniga 40 ming avtomobil qatnaydi. Bu yoʻlni chetida boʻsh turgan 4 gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinsa, 20 ming aholini doimiy band qilish mumkin

Aydar-Arnasoy koʻllari tizimida turizm uchun yetarli salohiyat bor. Uni roʻyobga chiqarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?