Jizzax viloyati prokuraturasi: aholi, tadbirkorlar va yoshlar huquqlarini taʼminlash — asosiy maqsad
Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumani hamda faoliyat bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Tadbirda qayd etilganidek, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan oʻtgan yilda jami 23 091 ta prokuror nazorati hujjatlarini qoʻllash orqali 52 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. Jumladan, voyaga yetmaganlar bilan ishlash masalasida ularning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga eʼtibor qaratilib, olib borilgan nazorat tadbirlarida 3360 nafar voyaga yetmaganlarning buzilgan huquqlari tiklanib, nazoratsiz va qarovsiz qolgan 3133 nafar bolaga vasiylik va homiylik tayinlandi.
Ijtimoiy sohada viloyat boʻyicha jami 191 474 nafar shaxsning bandligi taʼminlanib, 15 minga yaqin xotin-qizlarga amaliy yordamlar koʻrsatildi. Oilalar mustahkamligini taʼminlash, ajrimlarning oldini olish maqsadida prokuratura tashabbusi bilan “Oila maktablari” tashkil etilib, nikohlanuvchi shaxslarni oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, tumanlarda yashovchi 2 mingdan ortiq kam taʼminlangan fuqarolarning farzandlari Samarqand bolalar xirurgiya markazining malakali vrachlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 246 nafar tugʻma va ogʻir kasalliklarga chalingan bolalar aniqlanib, sogʻlomlashtirildi. Shu kabi, ehtiyojmand va boquvchisini yoʻqotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida voyaga yetmagan 1 045 nafar oʻgʻil bolalarning xatna toʻylari oʻtkazib berildi.
Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida, birinchi navbatda, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sarmoyadorlarni huquqiy himoya qilish muhim jihat sanaladi. Shu bois faoliyat koʻrsatmayotgan 941 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati prokuratura organlarining aralashuvi bilan qayta tiklandi, 1928 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi natijasida 3518 ta yangi ish oʻrini yaratildi, 2839 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.
Qonun ustuvorligini taʼminlash sohasidagi islohotlar yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish orqali raqobatbardosh ishlab chiqarish muhitini yaratishni taqozo etdi. Bu borada Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi va soliq organlari bilan hamkorlikda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida byudjetga undiruv rejasi belgilangan 2 trln. 125 mlrd. soʻmlik prognozdan 2 trln. 201 mlrd. soʻm (104 foiz) undirilishi taʼminlandi. Prokuratura organlarining aralashuvi bilan 245 mlrd. soʻm muammoli kredit qarzdorliklari undirilib, talon-toroj qilingan kredit mablagʻlari yuzasidan 80 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.
Bu hali hammasi emas. Yoqilgʻi-energetika sohasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida 18820 kVt quyosh panellari oʻrnatildi, 74 013 ta nostandart gaz yondirgʻich energiya tejamkorligiga almashtirilib, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 7 047 ta holatda resurslardan noqonuniy foydalanish faktlari aniqlanib, qonuniy choralar koʻrildi.
Olib borilgan nazorat tadbirlari va koʻrsatilgan yordamlar natijasida 278,1 mln. kVt. soat elektr energiyasi va 94,4 mln. m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.
Shu kabi, viloyat prokuraturasida tashkil etilgan davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish shtabi tomonidan viloyatdagi jami 1 trln. 650 mlrd. 805 mln. soʻmlik 488 ta obyekt nazorat qilinib, 472 tasi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Shaffof qurilish elektron tizimlari nazoratga olinib, koʻrilgan choralar natijasida jami 208 mlrd. 200 mln. soʻm mablagʻlar iqtisod qilindi.
Shuni alohida qayd etish joizki, prokuratura tizimiga yana bir yangi soha qoʻshildi. Yaʼni Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida hududda qonuniylikni taʼminlash ham alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Kambagʻallik reyestrida turuvchi 4 431 ta oilada yashovchi 18 123 nafar fuqaroga turli amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Matbuot anjumani taʼkidlanganidek, agrar va oziq-ovqat sohalarida, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy meros, turizm va sport yoʻnalishlarida ham jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Birgina, ekologiya sohasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni asrash, mintaqada ekologik muvozanatni saqlash, va “yashil bogʻlar” barpo qilishda qatʼiy nazorat oʻrnatilib, viloyat boʻyicha jami 6 mln. 617 ming tup (prognozga nisbatan 104 foiz) koʻchatlar ekilib, “Yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritilishi taʼminlandi. Prokuratura organlari xodimlari tomonidan jami 34 mingdan ziyod mevali va manzarali koʻchat ekilib, “Prokuror bogʻlari” tashkil etildi.
Shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallangan 1.040 gektar yerning 736,5 gektari ixtiyoriy qaytarilib, 11 ga. maydondagi 476 ta holatdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish choralari koʻrildi. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida 176 ta baliqchilik xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Prokuratura organlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri, bu — jinoyatchilikni jilovlash va payini qirqish, mavjud kriminogen vaziyatni toʻlaqonli nazorat qilish borasida koʻplab jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh etish va jazo muqarrarligini taʼminlashda yuqori natijalar qayd etildi.
Korrupsion va boshqa sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan 203 ta jinoyat ishlari boʻyicha 327 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi. Oʻz navbatida, jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 116 mlrd. soʻmlik zarardan 78 mlrd. soʻm zarar aybdorlar tomonidan ixtiyoriy ravishda qoplanishiga erishildi.
Yana bir muhim yoʻnalish — sudlarda ishlarning koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash yoʻnalishidir. Sudlarda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda maʼmuriy sud ishlarini yuritilishida jami 7366 ta ish koʻrilishida prokuror ishtiroki taʼminlangan. Muhimi, asosli fikrlar bildirilib, sudlarning qonuniy qaror qabul qilishlariga koʻmaklashilgan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yoʻnalishida Majburiy ijro byurosi organlari bilan hamkorlikda 3494 ta oila yarashtirilib, 59 mlrd. soʻm aliment toʻlovlari undirildi. Daromad manbasiga ega boʻlmagan 828 nafar qarzdorlarning bandligi taʼminlandi.
Faoliyat oshkoraligini taʼminlash borasida ijtimoiy tarmoq vakillari, jurnalist va blogerlar bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, ochiqlik va shaffoflikni amalda taʼminlashga katta eʼtibor qaratildi.
Darvoqe, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha vertikal boshqaruv tizimi asosida 2-sektor hududlarida aholi muammolari oʻrganilib, hal qilish choralari koʻrildi.
Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda jami 1342 ta sayyor qabullar va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, qabullardagi va ish yurituviga kelib tushgan jami 18795 ta murojaat amalda ijobiy hal etildi.
Misol uchun, aholi muammolarini oʻrganish asnosida prokuratura tashabbusi bilan homiylar koʻmagida Forish tumanining olis Shoxusmon qishlogʻida 60 oʻrinli zamonaviy yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, tizim faoliyati, prokuratura vakillarining samarali mehnati yoʻlida yaratib berilayotgan qulayliklar va boshqa yoʻnalishlarda bajarilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda prokuratura faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishda oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida ham fikr almashildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring