Jizzax viloyat shifoxonasining eski binosi oʻrnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jizzax viloyati markaziga kirish va chiqishdagi temir yoʻl kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandliklar koʻp yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan edi. Aholining talab va istaklarini inobatga olib, shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun 10 kilometrli aylanma yoʻl quriladi. Bu haqda Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.
Shuningdek, Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani oʻrtasidagi temir yoʻl ustidan ham yangi koʻprik qurilishi boshlandi.
Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi boʻlmagan. Bugun Jizzax shahri Oqqoʻrgʻon mahallasida viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishildi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi oʻrnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi.
Mazkur obyektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, taʼmirlash va jihozlash uchun 20 milliard soʻm ajratish topshirildi.
“Bugun sizlar bilan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oldimizda turgan yangi vazifalarni belgilab, asosiy masalalarni muhokama qilib oldik.
Bu saʼy-harakatlar va qabul qilayotgan qarorlarimizdan maqsad bitta – shu yerda yashab, mehnat qilayotgan odamlarni rozi qilish, viloyatni har tomonlama rivojlangan hududga aylantirish.
Albatta, buni roʻyobga chiqarish uchun har birimiz oʻz kuchimizga ishonib, masʼuliyatni toʻgʻri anglab, tashabbus koʻrsatib, yanada qattiq mehnat qilishimiz kerak”, dedi davlatimiz rahbari yigʻilish yakunida.
Sessiya davomida viloyat va tuman hokimlarining hisobotlari, faollarning fikrlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring