Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun oʻz xohishiga koʻra YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi (yuqorida keltirilgan).
Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Soliq organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi.
Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻlovlarni amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring