Jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning huquqiy asoslari takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
“Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda oʻtkazilishi mumkin boʻldi.
“Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik koʻrishga va ularni sodir etishga daxldor boʻlgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring