Jigar saratoni rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi tabiiy vosita topildi

Illyustrativ foto
Amerikalik kimyogarlar dunyodagi eng keng tarqalgan va halokatli onkologik kasalliklardan biri boʻlgan jigar saratoni rivojlanishini bostiradigan tabiiy moddalarni arzon sintez qilish yoʻlini topishdi.
Klinik amaliyotda qoʻllaniladigan koʻplab dorilar tabiiy birikmalarga asoslangan. Misol uchun, majnuntol qobigʻida salitsin mavjud boʻlib, undan organizm aspirinning analogi boʻlgan salitsil kislotasini ishlab chiqaradi. Biroq, odatda, bunday dori-darmonlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun yetarli resurslar mavjud emas. Shu sababli, professor Uilyam Cheyn jamoasi guava tarkibidagi, antitumor taʼsirga ega boʻlgan tabiiy molekulalarni toʻliq sintez qilish usulini ishlab chiqdi.
Olimlar ushbu birikmalarni mavjud xomashyodan koʻp miqdorda olish imkonini beruvchi kimyoviy “retsept”ni taklif qilishdi.
“Endi har qanday tadqiqotchi bizning yoʻlimizni takrorlay oladi va, ehtimol, qisqaroq va samaraliroq yoʻlni topa oladi. Biz birinchi boʻlib yoʻlni ochdik”, — deydi maqola hammuallifi, doktor Liam OʻGreydi.
Bu kashfiyot istiqbollari juda katta: birgina AQSHda har yili 42 000 nafardan ortiq jigar va oʻt yoʻllari saratoni tashxisi qoʻyiladi, 30 000 nafardan ortiq bemor vafot etadi. Kechki bosqichlarda besh yillik omon qolish darajasi 15 foizdan oshmaydi va mavjud kimyoterapiya sogʻliqni saqlash tizimiga milliardlab dollarga tushadi.
Hozirda tadqiqotchilar sintez qilingan molekulalarning boshqa onkologik kasalliklarni davolashda samaradorligini tekshirish uchun AQSH Milliy saraton instituti bilan hamkorlik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring