«Jenoa» bosh murabbiyligidan haydalgan Andrey Shevchenko Polsha terma jamoasi bilan muzokara olib bormoqda — OAV
Foto: championat.com
Italiyaning «Jenoa» bosh murabbiyligidan ozod etilgan Andrey Shevchenko Polsha terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Shira xabar bermoqda. Uning yozishicha, tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Shevchenko «Jenoa»ni 2021-yilning noyabr oyi boshida qabul qilib olgan edi. Uning qoʻl ostida klub oltita magʻlubiyat va uchta durang natija qayd etdi. Jumladan, 13-yanvar kuni genuyaliklar Italiya kubogi 1/8 finalida “Milan” bilan toʻqnash kelishdi va 3:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shundan soʻng Shevchenko bosh murabbiylikdan haydaldi.
Bungacha Shevchenko besh yil davomida Ukraina terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgandi. Uning boshchiligida jamoa Yevro-2020 final bosqichida qatnashib, chorak finalda Angliya terma jamoasiga yutqazib qoʻygan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring