JCH—2026 saralashi: Oʻzbekiston guruhdagi 2 oʻyinda 2 gʻalabaga erishdi. Statistika nima deydi?

Oʻzbekiston terma jamoasi “Jahon Chempionati—2026” 3-bosqichining 2-turida Qirgʻizistonga qarshi bahs olib bordi. Qiyin kechgan uchrashuvda oʻzbekistonlik futbolchilar 2:3 hisobida gʻalabaga erisha oldi. Shu tariqa milliy jamoamizda 2 oʻyinda 2 yutuq boʻldi va 6 ochkoni qoʻlga kiritdik.
Oʻyinga toʻxtaladigan boʻlsak, uchrashuvning 15-daqiqasida Kojo gol urib mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 2 daqiqa oʻtib, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov javob goliga mualliflik qildi.
Qirgʻiz Respublikasi oʻyinchisi Odiljon Abdurahmonov mezbonlarning ikkinchi golini O‘tkir Yusupov darvozasiga yoʻlladi. Birinchi boʻlim oxirida Husniddin Aliqulov bosh bilan toʻpni darvozaga kiritib, hisobni tenglashtirdi.
72-daqiqada qanotda toʻpni egallab olgan Oston Oʻrunov ajoyib harakatlar bilan hisobni 2:3 koʻrinishiga olib keldi. Shu tariqa, futbolchilarimiz uchrashuvda 2:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Keyingi uchrashuv 10-oktyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi kechadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring