Javohir Ummataliyev ham kumush medalni qoʻlga kiritdi

22:34 01 Mart 2026 Sport
801 0

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida oʻtkazilayotgan “Strandja” turnirining erkaklar oʻrtasidagi final janglari davom etmoqda.

Navbatdagi final bahsida 80 kg vaznda ringga koʻtarilgan hamyurtimiz Javohir Ummataliyev Ukraina vakiliga imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Bokschimiz final jangi uchun yoʻllanmaga ham aynan Ukrainalik boshqa bir bokschini magʻlub etgan holda ega chiqqan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер