Javohir Sindorov Magnus Karlsenni magʻlub etib, “Titled Tuesday” turnirida gʻolib chiqdi
Javohir Sindorov shaxmat boʻyicha “Titled Tuesday” turniri gʻolibi boʻldi. U musobaqaning kechki bosqichida 11 imkoniyatdan 10 ball toʻplab, oʻz salohiyatini koʻrsata oldi.
Sindorovning gʻalaba sari yoʻli bir qancha kuchli shaxmatchilarni magʻlubiyatga uchratgani bilan eʼtiborga molik boʻldi. Uning raqiblari orasida Magnus Karlsen, Aleksey Sarana, Endryus Tang va GothamChess nomi bilan ham tanilgan Levi Rozman ham bor edi.
“Titled Tuesday” turniri Chess.com saytida oʻtkaziladigan mashhur onlayn turnir hisoblanadi. Unda dunyoning turli burchaklaridan “titled”, yaʼni shaxmatda eng kamida sport ustasi unvoniga ega boʻlgan shaxmatchilar “blits” formatda raqobatlashadi. Turnirning mukofot jamgʻarmasi 1600 AQSH dollarni tashkil etadi. Birinchi oʻrin sohibiga 750 AQSH dollar beriladi.
Qayd etish kerakki, 10-sentyabrdan 23-sentyabrgacha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Xalqaro 45-shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtadi. Ushbu musobaqada Oʻzbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi sifatida aynan Javohir qatnashishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring