Jasur Jaysunov ishonchni oqlamadi. U bronza uchun oʻtish bahsida ham magʻlub boʻldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jasur Jaysunov “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini davom ettirdi.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jasur Jaysunov yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki jangida eronlik Mehran Barhordoriga yutqazgandi. Eronlik sportchining finalga chiqishi sportchimizga imkoniyat yaratgandi.
Bronza medali uchun oʻtish bahsida Jasur italiyalik Simone Alessioga qarshi bahs olib bordi va umumiy 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jasurbek Jaysunov 2002-yil 19-aprelda tavallud topgan. U 2022-yilgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sohibi boʻlgan va 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring