“Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va taʼlim jarayonlari tartibi tasdiqlandi

13:23 29 May 2025 Jamiyat
150 0

Foto: MMTV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025-yil 23-maydagi tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, “Jasorat sinflari”da:

  • oʻqish muddati yetti yildan (5-11-sinflar) iborat boʻladi;
  • har yili 4-sinfni bitirgan 26 nafar oʻquvchi 5-sinf uchun tanlov asosida qabul qilinadi.

“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari quyidagi tartibda oʻtadi:

  • oʻqishga kirish uchun nomzod oʻquvchilarning hujjatlari ariza.piima.uz platformasida onlayn shaklda qabul qilinadi;
  • oʻqishga uchun kirish imtihonlari ikki (test hamda jismoniy) bosqichda amalga oshiriladi;
  • test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha topshiriqlar spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan har yili imtihon boshlanishidan bir oy oldin eʼlon qilinadi;
  • test sinovlari ona tili va matematika fanlaridan tashkil etiladi;
    kirish imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

“Jasorat sinflari”da taʼlim jarayonlari quyidagicha olib boriladi:

  • taʼlim jarayonlari 5-11- sinflarda kunduzgi taʼlim shaklida, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
  • matematika, ChQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;
  • oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;
  • 9-sinfni yakunlagan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma beriladi.

“Jasorat maktablari”ni bitirgan oʻquvchilarga imtiyozlar:

  • aʼlo baholar bilan tamomlagan hamda “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi tegishli qarori bilan “Jasorat maktablari” roʻyxati tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер