Janubiy Koreyaning yirik kompaniyasi mobil telefonlar bozoridan chiqib ketmoqda

08:40 07 Aprel 2021 Dunyo
31879 0

Janubiy Koreyaning “LG Electronics Inc.” kompaniyasi uyali telefonlarni ishlab chiqarish va sotishni toʻxtatadi. Bu haqda “Renxap” axborot agentligi kompaniya bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.

“LG” shu yilning 31-iyulida mobil telefonlar bozorini tark etadi. Kompaniya bu qarorni uzoq vaqt davom etgan moliyaviy yoʻqotishlar va yirik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatning kuchayishi bilan izohlagan.

Kompaniya bayonotiga koʻra, telefonlar ishlab chiqarishni toʻxtatilishi qisqa muddatda daromadlarning pasayishiga olib keladi, ammo kelajakda bu moliyaviy ahvol va boshqaruv samaradorligini yaxshilaydi.

Manbada qayd etilishicha, mobil biznes 2015-yildan beri “LG”ga foyda bermay qoʻygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер